Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toşkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan “Özkimyosanoat” AJ, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligining Sirdaryo viloyatining Yangiyer şahrida Toşkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

hududda kimyo sanoati va qişloq xöjaligi sohasining rivojlaniş istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda, ehtiyoj yuqori bölgan mutaxassisliklar böyiça amaliy könikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlaş;

Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş maqsadida çet el fuqarolari uçun ta'lim oliş imkoniyatini kengaytiriş va ilğor xalqaro tajribalarni tatbiq qiliş;

kimyoviy texnologiyalarning tegişli yönalişlari böyiça malakali kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, korxonalarning muammolarini yeçişga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantiriş;

öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, ta'lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida işlab çiqariş va qayta işlaş sohalaridagi respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş;

respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarga istiqbolli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş;

vebinar ta'lim usullarini joriy etiş va rivojlantiriş.

Filial Toşkent kimyo-texnologiya institutining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan tarkibiy bölinmasi hisoblanib, Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida şaxsiy hisob raqamlariga ega böladi.

Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi: