Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning Toshkentda elektrlashtirilgan tezyurar temir yo‘lni qurishga oid qarori qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida elektrlashtirilgan tezyurar ikki izli aylanma temir yo‘lini qurish uchun qum-shag‘al materiallarini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 19 maydagi PP-2979-sonli "Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasi qurilishi" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi 981-sonli "Daryo o‘zanlarini tozalash ishlariga onlayn-auksion orqali xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar jalb etish tartibi to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilinishi mumkin.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo" davlat unitar korxonasiga istisno tariqasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining "Ko‘prikqurilish" tresti unitar korxonasi bilan toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan uchastkalar ro‘yxati asosida daryolar o‘zanlarini tozalashda qum-shag‘al materiallarini qazib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilishi mumkin.
Qum va shag‘al materiallarini qazib olish bo‘yicha tuziladigan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 19 maydagi PK-2979-sonli qarori hamda 2018 yil 24 may PF-5447-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "Toshkent yer usti halqa metro liniyasi qurilishi" loyihasini amalga oshirish doirasida "Ko‘prikqurilish" unitar korxonasi tomonidan belgilangan hajmlarda amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda loyiha doirasida qum va shag‘al materiallarini ishlab chiqarish uchun tozalashga mo‘ljallangan daryo uchastkalarining ro‘yxatini ishlab chiqib va Komissiya tasdiqlash uchun kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi "Xavfsiz Daryo" davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda daryo kanallarini tozalash uchun qum-shag‘al materiallarini qazib olishni ta'minlash va loyiha hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqish va qabul qilish yuklatiladi.
"Ko‘prikqurilish" tresti unitar korxonasi ishlab chiqarilgan qum-shag‘al materiallarini samarali va maqsadli ishlatilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026