Keça Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida tadbirda böldik. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi bir nafargina qolibdi... 95 yoşga kirgan otaxonni yöqlab qaytdik.

Ötgan asrning 80-yillarida har bir mahallada 30-40 nafar çopon kiyib yuradigan nuroniy çollar bölar edi. Öşa paytdagi 9 may bayramlari ötadigan maktab tadbirlarida sahna faxriylarga tölib-toşganiga guvohman.  

Mağrur otaxonlar uruş voqealarini bizga hikoya qilib berar, hammasining oxirgi sözi, «Biz uruş dahşatlarini kördik, illohim siz körmang», degan kalima bilan yakun topardi.

Mahallamizda yaşaydigan sinfdoşimning dadasi rahmatli Alijon buva uzun böyli kişi bölib, doim velosiped minib yurar edi. Uruş qatnaşçisi bölgan ota nimagadir jang voqealari haqida juda kam sözlagan. Lekin, u kişi aytib bergan bir voqea hali yodimda.

Qarangki, uning hayotiy hikoyasi aynan bugun yozişim uçun aytilgandek.

«Dahşatli uruşning uçinçi yili. Janglarda çiniqib, tajribamiz oşib qolgan, faşistlarni öz iniga qarab quvayotgan paytimiz. Rota komandirimizning avlodi ofitser ötgan, özi ham ziyoli, köp kitob öqigan odam edi. Askarlarga ham past ovozda, tuşunarli qilib buyruq berardi. Rotada özbeklar, musulmonlar köp edik. Oramizda qori yigitlar ham bölgan.

Öşa yili kuz oylarida Ramazon oyi kirdi. Qarangki, askar yigitlardan biri, ilmli yigit uç-tört kun röza ham tutibdi. Ateistlar hukmron bölgan jamiyatda qandaydir diniy amalni bajariş, hatto din haqida gapirişga juda yomon qaralar edi. Tinimsiz dinga qarşi kuraş ketar, lektorlar «dinning zararlari haqida» muntazam ma'ruzalar öqirdi.

Farosatli komandir bir kuni yonimga kelib, moxorka tutatib ötirdi va asta «Hayit bayramlaring qaçon?», deya söradi. Uning ne maqsadda söraganini tuşunmasam ham boşliqdan yomonlik çiqmasligini bilganim uçun, «aniqlab aytaman» dedim. Öz diniga e'tiqodli bölgan komandirimiz Islom dini, uning ahkomlari haqida ham köp narsa bilar ekan. Nima qilsa ham köp kitob öqigan kişi boşqa, baribir. Ança gaplaşib ötirdik.

Hayit kuniga uç kun qolganida unga xabarini berdim. Moviy közli boşliq xotirjam yuzimga qarab, «Bayram, bayramdek bölişi kerak. Töğrimi?» dedi. Men uning nima maqsadda bunday deganini tuşunmas edim.

Ittifoqo, hayitdan bir kun oldin rota komandirimiz, polkka ketdi. Biz esa okopda front liniyasini qöridik. Hayit kuni ertalab turganimizda ajoyib hodisaning guvohi bölganim hali ham yodimda. Rota ştabi joylaşgan qişloq klubiga uzun stollar qöyilib, ularning usti öşa payt uçun bayramona bezatilgan edi. Sur göşt, oq non, şirinlikni ançadan beri körmagan askarlar anqayib qolişdi. Rota komandiri biz musulmonlar uçun öz amali va vazifasini garovga qöyib, hayit bayrami uyuştirgan ekan.