9 may - Xotira va qadrlaş kuni Özbekiston xalqi uçun özgaça bayramdir. Bu kun nafaqat Ikkinçi jahon uruşi faxriylari va iştirokçilari, balki öz hayot yöli bilan hurmat qozongan insonlar ham ardoqlanadi, ular holidan xabar olinadi.
 
Bunday insonlardan biri – taniqli sirk artisti, sirk sulolasi asosçisi, Özbekiston xalq artisti Hakim Zaripovdir. 9 may kuni arafasida Hakim Zaripovga ajoyib sovğa – kvartira berildi. Yangi kvartiraning kalitlarini tantanali ravişda xalq artistiga Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev topşirdi. Bu haqda Toşkent hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.  

“Hakim Zaripov – har tomonlama noyob insondir. Tasavvur qiling-a, u özining yengil bölmagan va uzoq hayotining 80 yilini hayotining boş işi – sirkka baxşida qilgan. Bugun ham, Zaripov 96 yoşiga qaramay işlaşda davom etmoqda”, deb ta'kidlab ötilgan hokimlik matbuot xizmatida.  

Hakim Zaripov qariyb 80 yildan beri sirk manejida ot ustida tomoşa körsatib keladi. Salkam bir asr yaşab qöyganiga qaramay, hozirda ham “Özbek davlat sirki”da faoliyat yuritib kelmoqda.

U uzoq yillar öz oilasi bilan yotoqxonada yaşab kelgan. Bugun esa prezidentimiz tomonidan vatan ravnaqi yölidagi xizmatlari uçun Hakim Zaripov munosib taqdirlandi va yangi xonadonga ega böldi.