2019 yil 8 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Yangi asr köçasida yaşovçi A.N. uyi oşxonasida gaz plitasini yoqiş maqsadida gugurt çaqqan vaqtida gaz plitasidan sizib çiqqan gaz va havo aralaşmasidan çaqnaş sodir bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabarida aytilişiça, körilgan çoralar natijasida yonğin öçirilgan.

Yonğin oqibatida oşxonaning tom qismi yonib zarar körgan hamda A.N. kuyiş jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, xonadoningizda tabiiy gazdan foydalanganda gaz plitalari va şu kabi gaz texnikalarining soz holda ekanligiga alohida e'tibor qarating. Zero, e'tibor – xavfsizlik va xotirjamlik garovidir”, - deyiladi IIV xabarida.