Britaniya şahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl 6 mayda tuğilgan ilk farzandlariga Arçi Garrison deb ism qöyişdi. Çaqaloqning töliq ismi Arçi Garrison Mauntbetten-Vindzor kabi yangraydi.
Bukmekerlar öğil çaqaloqqa Albert, Artur yoki Aleksandr deb ism qöyilişini prognoz qilişgan.
Şuningdek, şahzoda va uning rafiqasi 8 may kuni farzandlarini ommaga körsatişdi.
Çaqaloq 6 may kuni Londondagi Portlend şifoxonasida dunyoga kelgandi.
Yangi şahzoda Britaniya taxti uçun navbatda bobosi – şahzoda Çarlz, amakisi – şahzoda Uilyam, uning farzandlari – şahzoda Jorj, malika Şarlotta va şahzoda Lui hamda otasi – şahzoda Garridan keyin 7-örinni egallaydi.

















