Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Mamlakatda Umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda, deya yozadi O‘zA.
9 may kuni poytaxtdagi Xotira maydoniga senatorlar va deputatlar, hukumat a'zolari, harbiylar yig‘ildi.

Soat 8:30da maydonga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi.
Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, hukumat a'zolari, jamoat tashkilotlari tomonidan Motamsaro ona haykaliga gullar qo‘yildi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
16:17 / 01.05.2025