Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida şu yil 17 aprel kuni noma'lum şaxslar “Köklam” mahallasi hududida joylaşgan şu MFY idorasi binosi oldida qarovsiz qoldirilgan Mustaqillik köçasida yaşovçi 49 yoşli Ş.X.ga tegişli “Neksiya” rusumli avtomaşinasini haydab qoçganlar.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Denov tumani U.Hayyom köçasida yaşovçi 31 yoşli E.N., Olmazor köçasida yaşovçi 34 yoşli O.E. va “Obodon” mahallasida yaşovçi Turkiston köçasida joylaşgan avtomaşinalarni ta'mirlaş ustaxonasi işçisi 28 yoşli M.D.lar sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar.
Avtomaşina texnik soz holda yuqoridagi ustaxonadan topilgan. Tergov davom etmoqda.
















