AQŞ davlat departamenti Qatarga 24 ta AH-64 Apache harbiy vertolyoti va unga möljallangan qurolni sotişni ma'qulladi. Sotib olinadigan harbiy texnika va qurolning umumiy qiymati 3 mlrd dollarni taşkil qiladi.  

Qatar harbiy-havo kuçlari avval şunday vertolyotdan 24 tasini sotib olgan.

“Vertolyotlar Qatarga uzoq muddatli mudofaa va hujumkor salohiyatni beradi hamda muhim neft va gaz infratuzilmasi hamda maydonlarini himoyalaşni kuçaytirişga imkon beradi”, deyilgan xabarda.

Bitimga rozilik berilişi u hali tuzilişini anglatmaydi, biroq AQŞ bitimni imzolaş uçun siyosiy va harbiy tösqinliklar körmayotganini anglatadi.