Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar uchun mavsum tugadi: u yana diskvalifikatsiya qilindi
Fransiya futbol federatsiyasi «PSJ» hujumchisi Neymarni Fransiya kubogi finalida «Renn»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin muxlisni urgani uchun uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
28 aprel kungi bahsdan so‘ng taqdirlash marosimi uchun stadion tribunasiga ko‘tarilish vaqtida fanatlardan biri Neymarni suratga tushirmoqchi bo‘lganida, braziliyalik futbolchi telefon kamerasini qo‘li bilan to‘sgan, keyin fanatning dahaniga musht tushirgandi.
Neymar met une pêche à un rennais pic.twitter.com/uXgU3R2l5Y
— Claude vaillant (@vaillant92100) April 27, 2019
«PSJ»ning joriy mavsum hisobidan uchta o‘yini qolgan, bu esa 27 yoshli hujumchi uchun mavsum yakunlanganini bildiradi. Birinchi divizion chempionligini hal etib bo‘lgan parijliklar so‘nggi turlarni «Anjye», «Dijon» va «Reyms» jamoalariga qarshi o‘tkazishadi.
Qayd etish joiz, Neymar yanvar oyida olgan jarohati bois uch oy jamoasiga yordam bera olmagan edi. U tiklanib, safga qaytganidan so‘ng to‘rtta bahsda ishtirok etishga ulgurdi. «PSJ» bu o‘yinlardan faqat birinchisida g‘alaba qozondi, so‘ng ikkita durang ortidan bir mag‘lubiyat qayd etdi. Duranglardan biri – Fransiya kubogining «Renn»ga qarshi o‘yinida (2:2) amaldagi chempion penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq 10-raqam egasidan musht yegan muxlis u bilan uchrashmoqchi ekanini aytgandi. Shuningdek, ushbu intizomsizligi uchun u Kopa Amerika arafasida Braziliya milliy jamoasidan chetlatilishi yoki sardorlik bog‘ichidan mahrum etilishi mumkinligi xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar bunga qadar YeChL nimchorak finalining «MYu»ga qarshi o‘yinini boshqargan hakamlarni Instagramida haqorat qilgani uchun yevrokuboklarning uchta o‘yinidan chetlatilgan edi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
20:47 / 22.04.2026