Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boş direktori Komil Allamjonovning Feysbukdagi sahifasida agentlikning rasmiy bayonoti e'lon qilindi.

«Avval xabar berganimizdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi YeXHT ning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir tomonidan e'lon qilingan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kiriş imkoniyati çeklanganligi haqidagi ma'lumotni örganib çiqdi», — deyiladi bayonotda.

«Örganiş natijasida körsatilgan veb-resurslarning Özbekistonda tölaqonli işlaşlariga tösiq bölgan texnik kamçiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etiş borasida tegişli çora-tadbirlar körildi.

Bugundan e'tiboran «Voice of America», «Amerika ovozi», «BBC Uzbek», «Deutsche Welle», «Amnesty International», «Human Righs Watch», «Reporters sans frontieres», «Eurasianet.org», «AsiaTerra», «Fergana Agency», «Centre1», «Uzmetronom» kabi veb-resurslar va boşqa xorijiy veb-saytlardan töliq foydalaniş imkoni mavjud böladi», — deyiladi agentlik bayonotida.

«Alohida e'tirof etiş lozimki, davlatimiz rahbari doimo Özbekistonda söz va axborot erkinligi zarurligini ta'kidlaydilar. Şunga köra, Agentlik jurnalistlar mavqeini mustahkamlaş, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantiriş, davlat organlari şaffofligini oşirişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş borasida faoliyatini davom ettiradi.

Şu bilan birga, biz xorij ommaviy axborot vositalari, umuman jurnalistlar jamoasini jurnalist etikasi tamoyillariga rioya etişlari, tasdiqlanmagan va yolğon axborotlardan foydalanmaslikni, şuningdek, asoslanmagan miş-miş va gumonlarni tarqatmasliklarini söraymiz», — deya muxtasar qilgan K.Allamjonov bayonotni.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkilotining OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir Özbekiston hukumatini ayrim ommaviy axborot vositalarini bloklaşni töxtatişga çaqirgan edi.

Söngra K.Allamjonov özining Feysbukdagi sahifasida Agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezirning bayonoti bilan tanişib çiqqani va ayrim yangiliklar veb-resurslariga kiriş muammolari borasidagi faktlarni diqqat bilan örganib çiqişini