Hindiston harbiy-havo kuçlari AQŞ bilan 2015 yilda tuzilgan şartnomaga köra yetkazib berilişi lozim bölgan 22 dona AH-64E Apache vertolyotidan dastlabkisini oldi, deb yozadi Times of India gazetasi.
Hindiston HHKning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri uşbu voqeani "mamlakat harbiy-havo kuçlari vertolyot parkini modernizatsiya qilişdagi muhim qadam" deb atadi.
Hindistonga uşbu vertolyotlarning birinçi partiyasi iyulgaça, qolgani esa 2020 yil martgaça yetkazib berilişi kutilmoqda.
Hindiston armiyasi rahbariyati uzoq yillardan buyon Amerika vertolyotlariga qiziqayotgan edi.

















