Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko «Drujba» neft quvuri orqali kelgan iflos neftdan mamlakatdagi korxonalar yuzlab million dollar zarar körganligini aytdi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

Lukaşenkoning sözlariga köra, zarar miqdorini baholaşda bir neça omillar hisobga olinadi.

«Bu neft quvuri, stansiyalardagi nasoslar va neftni qayta işlaş zavodlariga yetkazilgan ulkan zarardir» dedi u.

Lukaşenko bu voqeaga Rossiya hududidagi e'tiborsizlik sababçi ekanligini bildirdi. Şu bilan birga, Belarus prezidentining fikriça, Vladimir Putin «zararni qoplaş kerakligini tuşunadi». Zararning aniq miqdori neftni qayta işlaş zavodlaridagi tekşiruvlardan söng aniq böladi, deb qöşib qöydi u.

19 aprel kuni «Belneftexim» konserni «Drujba» neft quvuri orqali Rossiyadan keladigan neft sifati keskin yomonlaşganini ma'lum qilgandi. Natijada Belarus va qator davlatlar Rossiya neftini tranzit qiliş va qayta işlaşni töxtatdi.