Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nosoz attraksionlardan foydalanganlik uchun jarimalar joriy etildi
Foto: vot.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ba'zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 97-1-modda bilan to‘ldirildi:
«97-1-modda. Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish
Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi».
Mavzuga oid
08:01
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026