Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra joriy yilgi test sinovlari iyul-avgust oylarida ötkazilişi belgilangan.
Şuningdek, joriy yilda ham test natijalari DTMning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Faqat ball e'lon qilişda tartib biroz boşqaçaroq böladi.
Ya'ni, abituriyent test sinovidan töplagan ballari haqidagi ma'lumotni test topşirgan kunining ertasiga bilişi mumkin. Lekin ertasi kuni faqat neça ball töplaganini bila oladi, kirgan-kirmaganini emas.
Abituriyentning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganiga oid ma'lumotni esa test sinovlarini ötkaziş jarayoni töliq yakunlangandan keyin bir hafta muddat içida DTM saytidan körib olişi mumkin.
Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida joriy etilgan özgarişlarga şarh berdi.
Nima uçun bunday böladi?
Çunki joriy yildan boşlab abituriyent bir paytning özida 3ta yönalişga hujjat topşira olişi rasman tasdiqlandi. Şuning uçun ham abituriyentning öqişga kirgan yoki kirmaganini 1 kunda aytiş imkonsiz.
Misol tariqasida tuşuntiraman. Xorazmlik abituriyent ÖzMU, TATU hamda UrDUga hujjat topşirdi deylik. Testga Urganç şahrida 3 avgust kuni kirdi. Öz-özidan endi avvalgi yildagidek, falon OTMning testi 1 avgustda, piston OTMning testi 3 avgustda degan narsa bölmaydi, bu yil OTMlar aralaş böladi. Faqat yönalişlardagi fanlar blokiga qarab abituriyentlar kunlarga va pavilonlarga ajratiladi.
Şundan kelib çiqib, 3 avgust kuni test topşirgan abituriyent hali yakuniy natijani bila olmaydi, çunki u kabi ÖzMU, TATU yoki UrDU uçun hujjat topşirgan abituriyentlar 5 yoki 10 avgustda ham testga kirişi mumkin.
Şuning uçun ham avval hamma test topşirib bölişini kutiş kerak. Yakuniy natija şundan keyingina ma'lum böladi.

















