Fransiya hukumati Xitoyda 2018 yil sentyabrda hibsga olingan, Interpolning sobiq prezidenti Men Xunveyning rafiqasi Greys Menga qoçqin maqomini berdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
“Agar Fransiya menga boşpana bermaganda, meni allaqaçon öldirib yuborgan bölişardi”, deb aytgan Greys Men. Ayolning ta'kidlaşiça, Fransiya hukumatining uşbu qarori uning “ikkinçi hayoti” boşlanişini anglatadi. Greys Men qoçqin maqomini oliş haqidagi arizani 2018 yil noyabrda topşirgan.
Men Xunvey 2018 yil 28 sentyabrda Xitoyga ta'til ötkazgani jönab ketgan va şundan keyin ança vaqt aloqaga çiqmagan. Uning rafiqasi eridan xavotirlanib, uning yöqolib qolgani haqida Fransiya mutasaddi idoralariga xabar bergan.
2018 yil 7 oktyabrda Xitoy ma'muriyati 64 yoşli Men Xunvey qonunbuzarlik sodir etiş gumoni bilan uşlanganini, Xitoy jamoatçilik xavfsizligi vazirligi esa u poraxörlik va boşqa jinoyatlarda gumon qilinayotganini ma'lum qilgan.













