Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hokim qarorini bekor qildi

Foto: 123RF
O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasida Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini amalga oshirishni yoki muayyan tovarlar ishlab chiqarishini man etishi, faoliyatiga aralashishi taqiqlanishi belgilangan, deb xabar qilmoqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati.
Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalarning filiallari faoliyatiga to‘sqinlik qilinayotganligi to‘g‘risida Sug‘urta kompaniyalarning bosh ofislari jumladan, «UNIVERSAL SUG’URTA», «ALFA INVEST» aksionerlik sug‘urta kompaniyalari tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati hokimligida 2019 yilning 7 fevralida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilish bayoniga asosan viloyatda sug‘urta faoliyati bilan faqatgina Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritishi qat'iy ko‘rsatib o‘tilgan hamda viloyatning tegishli boshqaruv va nazorat qiluvchi davlat organlariga topshiriqlar berilgan.
Sug‘urta kompaniyalarining murojaati asosida mazkur holat Qo‘mita qoshida tashkil qilingan Maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib Surxondaryo viloyat hokimligiga nisbatan tegishli ish qo‘zg‘atilgan. Hokimlik tomonidan qonunchilikka zid ravishda sug‘urta kompaniyalariga topshiriq berilganligi tan olingan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Maxsus komissiyasi tomonidan Surxondaryo viloyat hokimligining yuqorida tilga olingan yig‘ilish bayoni qarori topshiriqlarini bekor qilish, qonun buzilish holatini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgan.
Natijada hokimlik tomonidan avval qabul qilingan yig‘ilish qarorining tegishli bandlari bekor qilinib, bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi 2019 yilning 8 may kuni rasmiy ravishda Qo‘mitaga ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor
Jahon | 11:23
-
UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL kabi korxonalardagi davlat ulushi sotiladi
Iqtisodiyot | 11:21
-
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi
Jahon | 10:44
-
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi
Jahon | 10:32
Mavzuga oid

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

09:32 / 15.03.2025