Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Pentagonning Yaqin Sharqqa 120 ming nafar harbiyni jo‘natish rejasidan xabar topdi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti maslahatchilari yig‘ilishida AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan Eronni tutib turish rejasini taqdim etdi, deb yozadi The New York Times (NYT). Amerika harbiylariga hujum qilinsa yoki yadroviy dastur tezlashsa, Pentagon Yaqin Sharqqa 120 ming nafargacha harbiyni jo‘natishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu rejadan xabardor qilinganligi hozircha noma'lum. Avvalroq u Yaqin Sharq va Afg‘onistondan Amerika harbiylarini olib chiqib ketish haqida bir necha bor aytgandi. Shu bois NYT Oq uy xo‘jayinining mazkur rejani qo‘llab-quvvatlashiga shubha qilmoqda.
Nashr suhbatdoshlarining aytishlaricha, rejani Eronni cho‘chitish taktikasining bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin. 120 ming nafar askar 2003 yilda Iroqqa bostirib kirgan Amerika harbiylari soniga yaqin. Bunday guruhni joylashtirish «Eron uchun zarba berishga ulkan nishon va katta asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin». Bu esa AQShning uzoq davom etadigan nizoga tortilishiga olib keladi.
Eron bilan munosabatlar keskinlashganidan so‘ng AQSh mintaqaga bir qism kuchlarini tashladi. May oyi boshida Yaqin Sharqqa «Avraam Linkoln» aviatashuvchisi va B-52. Bombardimonchi samolyotlari jo‘natildi. Yerusti guruhi PVO Patriot majmualari bilan kuchaytirildi.
Mavzuga oid
20:50 / 15.02.2026
AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026