Andijondagi Bo‘z tumani nomi o‘zgaradi. Tumanga 25 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

16 may kuni Andijonda viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati aholisini ish bilan ta'minlash, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida olib borayotgan ishlarni tahlil qilib, yangi vazifalarni belgilab berdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, yig‘ilish davomida Andijon viloyatining cho‘lli hududi hisoblangan Bo‘z tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev davlat rahbariga 2020 yilda Bo‘z tumani tashkil topganiga 70 yil to‘lishi, tuman tashkil etilganida uning yerlari sho‘r bo‘lgani uchun shunday nom berilganini, o‘sha paytda Sharof Rashidov, «Bu bo‘z yerlar bir kuni bo‘stonga aylanadi» degani, ayni paytda Bo‘zda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida tumanning nomi o‘ziga yarashmay qolgani haqida gapirgan.
Hokim prezidentdan keyingi yubiley yilida tuman nomini Bo‘stonga almashtirish uchun tuman oqsoqollari, faollari nomidan ruxsat so‘radi.
Davlat rahbari tumanda ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni rivojlantirish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirish va turli sohalardagi ishlarni jadallashtirish uchun 25 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratib berdi.
Ma'lumot uchun, Andijon viloyatidagi bu tuman 1950 yil 5 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Shahrixon tumaniga qo‘shib yuborilgan. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan. Bo‘z tumani shimol, shimoliy-g‘arbda viloyatning Ulug‘nor tumani, shimolda Baliqchi tumani, sharqda Shahrixon tumani, janubiy-g‘arbda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani, janubda Qo‘shtepa tumani, janubiy sharqda Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,20 ming km2. Aholisi 70 mingdan ziyod kishi. Bo‘z tumanida 1 shaharcha (Bo‘z) va 3ta qishloq fuqarolar yig‘ini (Mannop Jalolov, Xovos, Xoldevonbek) bor. Markazi – Bo‘z shaharchasi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Infinix'ning Note 50 seriyasi: zamonaviy dizayn, yuqori tezlik va aqlli funksiyalar birlashmasi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyadagi migratsiya markazida vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekani rad etildi
Jahon | 18:46
-
Xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya kimlarga va qay tartibda beriladi?
O‘zbekiston | 18:32
-
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
Jahon | 18:24
Mavzuga oid

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

08:31 / 09.05.2025