Avstriyadagi nodavlat taşkilotlar, jurnalist va huquq himoyaçilari, şuningdek ayrim siyosatçilar mamlakat umumta'lim maktablarida römol taqiqiga qarşi çiqmoqda. Bu haqda Avstriya parlamenti a'zosi Marta Bissman öz nutqida ma'lumot keltirib ötgan.
«Qonun jamiyat a'zolari orasida Islomofobiani köpaytirişdan taşqari, musulmonlarni xavfli insonlar etib yolğon tassavurni uyğotmoqda», deydi u.
Mamlakat boş vaziri, öngçi Sebastyan Kurs taklif etgan qonun loyihasida aynan maktab va jamoat joylarda römol öraşni taqiqlovçi modda nazarda tutilgandi. Bissman ayni qoidaning amalga kiritilişi Avstriya Konstitutsiyasi va 1955 yili imzolangan qonunlar majmuasiga mos kelmasligini aytmoqda.
«Römolni taqiqlaş kabi qoidani ilgari suriş jamiyatdagi kamçilikning asossiz vahimasi bölib, endilikda u siyosiy argumentga aylangan», deydi Bissman.
Huquq himoyaçisi va yozuvçi Vilhaym Lagtheylerning aytişiça, hukumatdagi öngçilar römol orqali fundamental inson huquqlariga bolta solişmoqda. U qonunning konstitutsion bahodan ötişini talab qilgan.
Ma'lumot uçun, Avstriyada 700 mingdan ortiq musulmon aholi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati mamlakatda tuğilgan, migrant turklarning farzandlari hisoblanadi.

















