MLS Intizom qömitasi «Los-Anjyeles Gelaksi» hujumçisi Zlatan Ibrahimoviçni ikkita öyinga diskvalifikatsiya qilib, jarimaga tortiş haqida qaror çiqardi.
37 yoşli şvedga nisbatan bir hafta oldin «Nyu-York Siti» bilan öyindagi (0:2) xatti-harakatlari sabab sanksiya qöllangan. Öyinning 86-daqiqasida Ibrahimoviç va «şaharliklar» darvozaboni Şon Jonson örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan, natijada ularning ikkalasi ham ogohlantirilgan edi.
Qayd etiş joiz, ötgan hafta ham Zlatanga nisbatan intizomiy çora körilgan edi. U «Kolambus Kryu»ga qarşi bahsning (1:3) 23-daqiqasida işlatgan simulyatsiyasi uçun jarimaga tortilgan. Jarima miqdori ma'lum qilinmagan.
Ma'lumot uçun, 9-raqam egasi bu mavsum «Los-Anjyeles Gelaksi»ning MLS`dagi 12ta öyinidan 10tasida maydonga tuşib, 9ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi. Jamoa ayni paytda Şarqiy mintaqada 12ta klub orasida 3-örinda bormoqda.

















