Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti talabasining uçinçi qavatdan yiqilib tuşganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, videoda tasvirlangan voqea bundan ikki yil avval, ya'ni 2017 yilning aprel oyi söngida institutning Gidrotexnika qurilişi fakulteti öquv binosi va Toşkent “International House” akademik litseyi binosi örtasidagi hududda sodir bölgan. 

Mazkur fakultetning öşa vaqtdagi 4-kurs talabasi Yo.A. litsey hovlisida özaro gaplaşib turgan tanişlari yoniga tezroq yetib boriş maqsadida katta tanaffus ekanidan foydalangan holda döstlari yordamida uçinçi qavatdan tuşmoqçi bölib ehtiyotsizlik qiladi. Va natijada yiqilib tuşadi, Yo.A.ga heç qanday jiddiy tan jarohati yetmaydi. 

Mazkur voqea öşa vaqtda Gidrotexnika qurilişi fakulteti talablari bilan muhokama qilinadi, talabaning ota-onasi bilan ham tuşuntiriş işlari olib boriladi.  

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati OAV vakillarini sohaga oid xabarlarni yoritişda hamkorlik qiliş, fakt va dalillarni aniqlaştirib olişga çaqirgan. Özaro hamkorlik orqali jamoatçilikka nafaqat tezkor, balki haqqoniy ma'lumotlarni yetkaziş mumkin, deyiladi xabarda.