Sport | 12:07 / 18.05.2019
12717
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor»ni Saudiya Arabistonida jiddiy sinov kutmoqda

20 may kuni «Paxtakor» safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ahliy» klubi bilan Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinini o‘tkazadi.

Klub matbuot xizmati bu bahsdan oldin Saudiya Arabistoni klublariga qarshi o‘yinlardagi statistikani keltirib o‘tdi.

Toshkentliklar «Al-Ahliy» bilan Chempionlar Ligasida 3 marta to‘qnash kelgan. 2005 yil Jiddada mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Toshkentda «Paxtakor» Leonid Koshelev va Anvar Soliyevning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Bu mavsumda esa Marat Bikmayevning goli «Paxtakor»ga kichik hisobdagi g‘alabani keltirgan.  

«Sherlar» Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo kuboklari musobaqalarida 24ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, atigi 4 marta g‘alaba qozongan xolos. 5 marta durang qayd etib, 15 marta yutqazgan. To‘plar nisbati - 17:48.

Toshkentda o‘tgan 12ta o‘yinda 3ta g‘alaba, 4ta durang va 5ta mag‘lubiyat qayd etilgan. To‘plar nisbati – 12:17.

«Paxtakor»ning Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etgan natijalari quyidagicha:
Al-Ahliy - 2:1, 0:3, 1:0
Al-Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al-Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
An-Nasr - 2:2, 0:4
Al-Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 0:4
Ash-Shabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2.

Eslatib o‘tamiz, «Al-Ahliy» - «Paxtakor» o‘yini 20 may kuni soat 23:55da boshlanadi. Toshkentliklarni keyingi bosqichga chiqish uchun durang natija ham qoniqtiradi.

Mavzuga oid