Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyati hokimligida ötkazilgan faollar yiğilişi davomida ta'lim sohasidagi muammolarga ham töxtaldi.

«Xonobodda oltita kollej kimga kerak? Undan köra, maktabdagi öqituvçiga 4-5 barobar köproq oylik berganimizda edi, maktabda traktorni ham, kompyuterni ham örgatardi.

Bitta tumanga oltita kollej. Bunga qança pul ketdi? Albatta, kollej ham kerak, lekin bitta tumanga bitta kollej ham yetardi. 

Kollejlarga avval öqituvçilarni tayyorlaş kerak edi. Hozir esa bor öqituvçilardan ham ayrilib ötiribmiz. Borini yöq qildik. Işonçni yöqotdik», degan Şavkat Mirziyoyev.

Prezident Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov, viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov va boşqa mas'ullardan Andijon viloyatidagi kasb-hunar kollejlari binolari va jihozlarini Xalq ta'limi vazirligiga ötkaziş böyiça takliflar berişni söragan, viloyat hududida paydo bölayotgan yangi uy-joy massivlarida maktablar quriş, Xonobod şahridagi 1-sonli, Jalaquduq tumanidagi 20-sonli maktabda kapital ta'mirlaş işlari amalga oşiriş böyiça körsatmalar bergan.

«Hisob-kitobini menga beringlar. 10 kun davomida viloyat hokimi bilan, oqsoqollar bilan yiğilişib, Andijonda nima qilsak, maktabning, öqituvçining obröyini oşiriş mumkinligi haqida öylanglar. Keyin Andijon tajribasini respublikaga qöllaymiz.

Şu kunlarga yetkazsa, maktab öqituvçisining oyligini ming dollarga yetkazmoqçimiz.

Nima uçun şunça yil davomida bizda yöldan adaşganlar paydo böldi, turli oqimlar paydo böldi? Ta'lim yöq edi, bilim yöq edi, maktab yöq edi. Devorlar bor edi.

Bu sohada muammolarimiz köp. Şaroitimiz oğir. Öqituvçi - jamiyatning poydevori», deya Prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.