Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin iste'foga çiqiş haqida ariza yozdi. U Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi ötadigan kun – 20 mayda arizasini oliy radaga va prezidentga topşirişni rejalaştirmoqda.
“Öylaşimça, bu insoniylik yuzasidan töğri qarordir. Normal siyosiy madaniyat nuqtai nazaridan ham töğri, çunki u bizga kerak”, deb aytgan Klimkin öz videomurojaatida.
Klimkin Ukrainaning yangi yetakçisiga boşqa bir taşqi işlar vazirini tayinlaş imkonini beriş uçun uning inauguratsiyasidan keyinoq ketişini ma'lum qilgandi.
Klimkin uşbu lavozimni 2014 yil 19 iyundan beri egallab kelayotgandi.
Şuningdek, Ukrainaning milliy xavfsizlik va mudofaa kotibi Aleksandr Turçinov ham iste'foga çiqişga ariza berdi.
Ukraina konstitutsiyasiga köra, taşqi işlar vaziri va mudofaa vaziri lavozimlariga nomzodlarni prezident oliy rada tasdiğiga beradi.

















