Yozgi transferlar darchasi hali rasman ochilmadi, lekin futbolchilar birin-ketin o‘z klublariga ketish qarorlarini bildirishmoqda. Frenki de Yong va Aaron Remzi birinchilardan bo‘lib yozda boshqa klublarda bo‘lishlarini bildirishgandi. Hozirda esa yozda jamoasini o‘zgartirishi aniq bo‘lgan futbolchilar bir talay.
Eder Militao
«Portu» — «Real», 50 mln yevro

Universal himoyachi (o‘ngda ham, markazda ham o‘ynashi mumkin) «Portu»ga bir yil oldin yetti mln yevro – endi esa 50 mln yevroga sotiladi. Portugallarning «pul ishlash» mexanizmi xatosiz ishlashda davom etadi. 21 yoshli braziliyalik futbolchining talantiga shubha yo‘q, ammo u birinchi mavsumdayoq «Real»da o‘ynab keta olishiga shubha bor. Madrid klubi mudofaasi markazida Ramos – Varan juftligi mavjud, ulardan biri jarohat olsagina, zaxira futbolchilarida imkon tug‘iladi, o‘ng qanotda esa Karvaxal va Odriosola muqim joylashgan. Nahotki, 50 mln yevroga xarid qilingan himoyachi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish uchun kelayotgan bo‘lsa? Xuddi jamoaning eng zaif nuqtasidek markaziy himoyaga shunday transfer qilindi. Ko‘rinishidan, «Real»ning yana bir omadsiz transferi.
Rodrigo
«Santos» — «Real», 45 mln yevro

Yosh vinger transferi borasida klublar bir yil muqaddam kelishib qo‘yishgandi. Transfer qiymati – 45 mln yevro, bundan tashqari turli yutuqlar uchun bonuslar ko‘zda tutilgan. «Santos» prezidenti Joze Peres Rodrigo kelajakda jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishiga ishonch bildirmoqdaye. U shu bilan birgalikda, o‘z jamoasi futbolchisining «Real»ga transferini «Lotin Amerikasi tarixidagi eng yaxshi kelishuv» deb atagan. Qiziq tomoni, Neymar 18 yoshida «Santos» uchun 30 gol urib ulgurgandi, Rodrigoda esa 3 barobar kamroq.
Ander Errera
«MYu» — «PSJ», erkin agent maqomida





















