Jahon çempionati sovrindori va Osiyo çempioni Elnur Abduraimov 18 may kuni kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida joylaşgan «RMK yakkakuraşlar akademiyasi» sport saroyida bölib ötgan boks keçasida özining navbatdagi jangini ötkazdi.

Uning Tanzaniya vakili, tajribali Issa Nampepeçega (29-9-6, 12 KO) qarşi professional ringdagi beşinçi jangi 6 raundga möljallangandi va muddatidan avval nihoyasiga yetdi.

Jangning ikkinçi raundida Issa nokdaunga uçragan bölsa-da, jangni davom ettiriş uçun özida kuç topa oldi. Ammo 4 raundning 1:36 soniyasida u jangni davom ettira olmasligini bildirdi va hakam texnik nokautni qayd etdi. Natijada Elnur Abduraimov özining beşinçi jangida beşinçi nokautini qayd etdi.

«Bugun Yekaterinburgda jang ötkazişimga imkoniyat yaratib bergani uçun RCC Boxinğga rahmat. Menedjyerimga va murabbiyga alohida rahmat. Jang tomoşabinlar uçun qiziq keçdi, tanzaniyalik raqibim professional ringda 30 jang ötkazgan, lekin men uni osonlik bilan mağlub etdim. Beşta jangda beş nokautga erişganimmi? Buning heç qanday siri yöq, şunçaki zalda qattiq maşğulot qilmoqdaman. Xudo xohlasa, öz vaznimdagi barça çempionlik kamarlarini qölga kiritmoqçiman!», degan boksçi jangdan keyin.