Jahon | 10:32 / 19.05.2019
9722
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Oliy radaga «noqulayliklar» yaratishga va'da berdi

Foto: RIA Novosti

Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z inauguratsiyasi munosabati bilan Kiyev aholisiga tug‘dirilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘radi. Tegishli video Zelenskiyning Instagram’dagi sahifasida joylashtirilgan.

Bo‘lg‘usi prezidentning aytishicha, u Kiyev aholisiga noqulayliklar yaratmaslik uchun inauguratsiyasini 19 may – yakshanba kuni o‘tkazishni taklif qilgandi. Biroq mamlakat parlamenti – oliy rada marosim 20 may – dushanba kuni o‘tkazilishiga ovoz bergan.

“Kechiring, iltimos, hammamizni, oliy radani kechiring. Rada sizga noqulayliklar yaratdi, va'da beraman, biz ham ularga noqulayliklar yaratamiz”, deb aytgan Zelenskiy o‘z videomurojaatida. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid