Maqolani eng asosiy gapdan boşlaymiz. 18 may kuni Past Darğom tumani, «Jaul Qosim» mahallasida tösatdan saylov ötkaziladigan böldi. Işçi guruhni ham, saylovçilarni ham lol qoldirgan narsa şuki, tongda mahallaga kelgan saylov byulletenlarida işçi guruh tomonidan qöyilgan, tasdiqlangan nomzod olib taşlanib, mutlaqo kutilmagan, hatto işçi guruh a'zolari ham bilmaydigan yangi nomzod kiritilgani.

Saylov boşlanişi arafasida ijodiy jamoamiz bilan mazkur mahallada böldik. Byulletenlar kelgan, işçi guruh, joy, komissiya a'zolari... xullas hammasi tayyor. Ammo saylovçilar norozilik bildirib birin-ketin zalni tark etayotganiga guvoh böldik.

Saylovçilar buning sababini şu kungaça mahallaga raislik qilib kelgan Said Omonovning nomzodi sirli ravişda byulletendan olib taşlangani bilan boğlamoqda. Ayrim saylovçilar esa saylovga taklifnoma olmaganidan norozi.

Bundan bir neça hafta oldin ham mahallaning amaldagi raisi Said Omonovning nomzodi saylovdan olib taşlangani haqda tahririyatga murojaat kelgandi. Ijodiy jamoa uşbu masala yuzasidan tuman mutasaddilari bilan boğlanganimizdan keyin, uning nomzodi qaytadan qöyilgan. Ammo keça tösatdan saylov taşkil etilib, keltirilgan byulletenlardan uning nomzodi yana tuşirib qoldirilgan.

«Jaul Qosim» mahallasining köp yillik raisi Said Omonov

Biz 6 may kuni mazkur masala (saylov byulletenidan nomzod olib taşlangani) yuzasidan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Past Darğom tuman kengaşi raisi örinbosari Normömin Hayitov huzurida bölganimizda, u iş boşlaganiga endi 20 kun bölgani, u kelgunça suhbatlar bölib ötgani, kengaş raisi tuman hokimi hisoblanişi, hammasini tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev hal qilişini aytgan edi.

Past Darğom tumani saylovga kömaklaşuvçi komissiya raisi, tuman maktabgaça ta'lim bölimi mudiri Maşhura Bekovaning aytişiça, Said Omonov uşbu masala böyiça komissiyaga kelib uçraşmagan. U «Omonov agar dardini dasturxon qilib, matbuotga çiqmasdan, kelib uçraşganida paydo bölgan muammoni hal qilişi»ni aytgan edi. Şu bilan masala tinçib ketgandek edi, göyo.