Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy radani tarqatib yuborişini e'lon qildi. U bu haqda özining inauguratsiyasi vaqtidagi nutqida gapirdi.

Ukraina prezidenti lavozimiga kirişgan Vladimir Zelenskiy qasamyod qabul qilganidan keyin Oliy Rada tarqatib yuborilişini ma'lum qildi. Marosim «Pryamoy» telekanali orqali translatsiya qilinmoqda.

«Saylovdan keyin olti yoşli öğlim şunday dedi: «Dada, men televizorda kördim: aytişyaptiki, Zelenskiy prezident. Demak, mening ham prezidentimsan». Bu öşanda bolalarça hazil bölib köringandi. Endi esa haqiqatga aylandi. Sizning har biringiz prezidentingizman, faqat menga ovoz bergan 73 foiz kişining emas, ukrainlarning barçasining, 100 foizining», deya söz boşlagan Vladimir Zelenskiy.

Valentin Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Prezident parlamentga ikki oy muddat bergan, parlamentdan qator qonunlarni keçiktirmasdan qabul qilişni söragan.

«Sizdan ötinib söraymanki, deputatlik daxlsizligini bekor qiliş töğrisidagi qonunni, noqonuniy boylik orttiriş uçun jinoiy javobgarlik töğrisidagi qonunni, saylov kodeksini qabul qiling», degan Zelenskiy.

U  deputatlarga inauguratsiya marosimini iş kuniga özlari belgilaşganini eslatgan va endi işlaşni söragan.

Prezident deputatlardan Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari, boş prokuror va mudofaa vazirini iste'foga çiqarişni ham söragan.

«Şu işlarni qiling va özingizga medal taqing - bu navbatdan taşqari saylovlar oldidan yaxşi oçkolar böladi», degan u.

U şuningdek, Ukrainaning amaldagi hukumatiga iste'foga çiqişni taklif qilgan.

«Amerikalik bir aktyordan, Amerikaning ajoyib bir prezidentidan iqtibos keltirişni istardim (gap AQŞning 40-prezidenti Ronald Reygan haqida - tahr): «hukumat bizning muammolarimizni hal etib bermaydi - hukumatning özi muammo». Men tuşunmayman, bizning hukumatimiz doimo qaysidir işni qila olmasligini aytadi. Bu töğri emas - qila olasiz, siz qoğozni olasiz, ruçkani olasiz va ariza yozib öz joyingizni keyingi saylovlar haqida emas, keyingi avlod haqida öylaydiganlar uçun böşatib qöya olasiz», - degan Zelenskiy.