Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakat hukumatidan Rossiyadan ifloslangan neft yetkazilişi bilan boğliq vaziyat borasida uzundan-uzoq hisobotlar örniga aniq natija haqida ma'lumot berişini talab qildi.

«Hisobotni öqib çiqdim va boş vazirga qaytardim. Menga qaytib bunday hisobotlar yozmanglar. Şunçaki vaqtingizni ketkizyapsiz», — dedi Lukaşenko vazirlar bilan bölib ötgan yiğilişda.

Lukaşenkoning sözlariga köra, unga qanday natijalarga erişilgani haqida ikki satr ma'lumot yetarli.

«Qahramonliklaringiz, kim bilan uçraşdingiz, kim bilan gaplaşdingiz, nimani muhokama qildingiz, qanday, bularning menga nima keragi bor? Menga natija kerak», — dedi.

Avvalroq Aleksandr Lukaşenko «Drujba» neft quvuri orqali kelgan iflos neftdan mamlakatdagi korxonalar yuzlab million dollar zarar körganligini aytgandi.