
1-xato. Porsiya o‘lchamini kuzatmayapsiz
Ko‘pchilik mahsulot foydali bo‘lsa, uni cheklanmagan miqdorda iste'mol qilish mumkin deb hisoblaydi. Bu katta xato. Hatto cheklanmagan miqdorda iste'mol qilingan foydali yirik boshoqli makaron yoki shirin mevalar barcha harakatlaringizni chippakka chiqarishi mumkin.
Qanday to‘g‘rilash mumkin?
Oshxona tarozisini xarid qiling va iste'mol qilinayotgan barcha mahsulotlarni o‘lchang.
Energetik quvvatni hisoblash uchun smartfoningizga ilovani yuklang yoki kunlik normadan oshirmaslik uchun kundalik yuriting.
Yodingizda bo‘lsin, har bir o‘ramda va jadvalda 100 gramm qayta ishlanmagan mahsulot quvvati ko‘rsatiladi. Tayyor mahsulotniki esa katta farq qilishi mumkin.
Shuning uchun mahsulotni tayyorlashdan oldin o‘lchang yoki jadvaldan tayyor mahsulotning energetik quvvati ko‘rsatkichini izlang.
2-xato. Qaylalar quvvatini hisobga olmaysiz
Ko‘pchilik vazn tashlash istagida bo‘lganlar qaylaning kam miqdori taom quvvatini oshirmaydi deb hisoblashadi. Aslida esa xarid qilingan qayla mahsulotlari odatda juda ko‘p quvvatga ega va yog‘li; ularning tarkibida 30 grammga yaqin yog‘ va 100 grammda 300 kilokaloriya bo‘ladi. Taomga 30 gramm qayla qo‘shib, ko‘p qismi to‘yingan yog‘lardan iborat 90 kilokaloriya iste'mol qilasiz.
Qanday to‘g‘rilash mumkin?
Qayla o‘rniga tabiiy ziravorlardan foydalaning. Ana shunda ta'mga zarar yetkazmagan holda taomlaringiz quvvatini kamaytirasiz.
Agar qayladan voz kecha olmasangiz, kamroq zarar tamoyilini qo‘llang: ketchup o‘rniga tabiiy tomat pastasini xarid qiling, mayonezni esa oq yogurt va xantalli qaylaga aylantiring.

3-xato. Yog‘li taomlarni afzal bilasiz
Yog‘sizlantirilgan sut va qatiq mahsulotlari nafaqat ozishga yordam beradi, balki ko‘proq kaloriya iste'mol qilishga majbur qiladi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari «Yog‘liligi – 0 foiz» belgisi iste'molchilarni 84 kilokaloriya ko‘proq iste'mol qilishga majbur etishi aniqlandi.









