Tverning Zavoljsk tumanida Rossiya IIV Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qiliş boşqarmasining Tver oblasti böyiça xodimlari köçalardan birida giyohvand moddalarni ötkazişda gumonlangan, 20-34 yoşlar oraliğidagi ikki erkakni qölga olişdi. Tekşiruv davomida politsiyaçilar kukunga öxşaş modda bölgan 302ta polimer öramni olib qöyişgan.

Foto: Tvernews

Qölga olinganlar Özbekistondan Tverga kelişgan, deb xabar bermoqda Tvernews. Tezkor xodimlar versiyasiga köra, erkaklar giyohvandlik vositasini bevosita aloqaga kirmagan holda ötkazmoqçi bölişgan. Ular tayyor narkotikni bittalik dozalarga ajratib, şaharning turli joylaridagi maxsus joylarga yaşirib qöyişni rejalaştirişgan.

Foto: Tvernews

Topilgan öramlar içidagi modda bilan IIV boşqarmasi Ekspert-kriminalistik markazga tekşiriş uçun jönatildi. Xulosaga köra, modda umumiy oğirligi 800 gramdan iborat bölgan geroin ekan.

Foto: Tvernews

Qölga olingan şaxslarga nisbatan yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini noqonuniy ötkaziş böyiça jinoiy iş qözğatildi. Narkokurerlar yigirma yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.