Rossiyaning Tver oblastida migrantlar istiqomat qiladigan yotoqxonaga öt qöygan şaxs qölga olindi.
Tver oblasti içki işlar boşqarmasi xabariga köra, hodisa 20 oktyabr kuni sodir bölgan. Erkak yotoqxona yölagiga benzin sepib, yoqib yuborgan. Yonğindan qoçgan fuqarolardan biri ikkinçi qavat oynasidan sakrab tuşib, jarohat olgan. Yonğin oqibatida xona vayron bölgan, yotoqxona yölagi şikastlangan. Zarar miqdori aniqlanmoqda.
Idoraning aniqlik kiritişiça, gumonlanuvçi hozir vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-modda (mulkni qasddan yöq qiliş yoki şikastlaş, beş yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
IIV tomonidan e’lon qilingan videoda erkak yotoqxonaga benzin sepib, yoqib yuborganini tan oladi. U buni, öz sözlari bilan aytganda, «aldanib, pulga kuyib qolgani uçun» qilganini aytadi.
Qayd qilinişiça, hozir yotoqxonada istiqomat qilayotganlar vaqtinça Madaniyat Uyi binosiga köçirilgan.

















