Rossiyaning Tver oblasti ma’muriyati 2025 yildan boşlab çet el fuqarolarini jalb qiliş taqiqlanadigan iqtisodiy faoliyat turlari röyxatini ikki baravar köpaytirdi.
Agar bugungi kunda oblastda yaşovçi xorijliklar 36 ta sohada işlaş huquqiga ega bölmasa, 2025 yildan boşlab ular uçun taqiqlangan faoliyat turlari soni 82 taga yetkaziladi.
Energetika, suv ta’minoti, kompyuter işlab çiqariş va ta’mirlaş, axborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat, ijara va lizing, veterinariya, sayyohlik agentliklari, jamoat va notijorat taşkilotlari va boşqa sohalarda xizmatlar körsatişni öz içiga olgan 52 ta yönalişda töliq taqiq joriy etilmoqda. Taqiq naşriyot, köngiloçar tadbirlarni taşkil etiş va ilmiy tadqiqotlar kabi sohalarga ham tegişli.
Ösimlikşunoslik, baliqçilik va çorvaçilik, göşt va baliqni qayta işlaş, sut va non mahsulotlari işlab çiqariş, elektr jihozlari, transport vositalari, mebel işlab çiqariş, ta’mirlaş, maşina va uskunalarni örnatiş kabi sohalarda ham xorijliklar mehnati taqiqlandi.
Rasmiylar yangi taqiq va çeklovlarni mintaqa iqtisodiyotidagi migrantlar sonini kamaytiriş va tub aholini qöllab-quvvatlaş istagi bilan izohlamoqda. Böşagan iş örinlarini Yuqori Volga oblasti aholisi, jumladan, yoşlarga beriş reja qilingan.
«Biz bu işlarni tizimli ravişda olib boryapmiz. Biz imkon qadar biznesning pozitsiyasini hisobga olişga harakat qildik. Ammo şu bilan birga, davlatning strategik xavfsizligi masalalari ustuvorligiça qolmoqda», deb tuşuntirdi Tver oblasti gubernatori Igor Rudenya ma’muriyat yiğilişida.
Yuqori Volga hududida mehnat patentini olgan xorijliklar asosan malaka talab qilmaydigan kasblarda işlaşi mumkin böladi - masalan, yukçi va yordamçi işçilar.
2025 yildan boşlab oblastda mehnat migrantlari uçun patent narxi 14 973 rublgaça oşadi, bu hozirgi darajadan 39,4 foizga yuqori. Natijada Tver patent narxi böyiça Markaziy Federal okrugdagi eng qimmat hududga aylanadi. Masalan, Moskvada patent narxi 8,9 ming rublgaça kötariladi.

















