Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi Toshkentdagi 50-maktab buzilishi haqidagi ma'lumotni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 50-sonli umumta'lim maktabining buzilishi haqida ma'lumot tarqatildi. O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi ushbu xabar noto‘g‘ri ekanligini ma'lum qildi.
Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta'lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini Xalq ta'limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.
Bugungi kunga qadar Xalq ta'limi vazirligiga mazkur maktabning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushmagan.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026