Deputat: O‘zbekiston Qirg‘izistondan sement kiritmayapti
O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistondan sement kiritmayapti. Bu haqda 21 may kuni Jogorg‘u Keneshning iqtisodiy va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida deputat Azamat Arapbayev (SDPK) xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat janubida ko‘plab sement zavodlari eksport uchun ishlamoqda.
«Ular barcha mahsulotini bozorimizda sota olmaydi, agar shunday davom etsa, korxonalarning ishi to‘xtab qoladi. Sizlar ushbu cheklovning joriy etilishiga nima sabab ekanini bilishingiz kerak. Bu yerda faqat ahmoqona taqiq kuzatilmoqda: «Kiritmayman, bo‘ldi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Deputatning fikricha, Iqtisodiyot vazirligi va bosh vazir bu savolga javob berishi kerak.
«Biz bu vaziyat haqida bilamiz hamda bu bir haftadan beri davom etyapti. Allaqachon bunga munosabat bildirdik va hozir O‘zbekiston Respublikasi elchisi bilan muzokaralar olib borilyapti. Agar hech narsa hal bo‘lmasa, unda delegatsiya yuboramiz, u taqiq bekor qilinmasa barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishimiz haqida tushuntirish beradi», - deya xabar qildi iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov.
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, chegarada bunday vaziyat kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin. Matbuot xizmati vakillari rasmiy ma'lumot taqdim etishga va'da berishdi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024