Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda qamoqqa olingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi X.Mahkamov 2019 yilning 17 may kuni Xitoydan uchib ketdi.
TIV xabariga ko‘ra, ilgari u Chanchjou shahri (Tszyansu provinsiyasi) politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, mamlakatga kirish va chiqish tartibi to‘g‘risidagi qonunni buzganligi – muddati o‘tgan viza bilan Xitoy hududida bo‘lib turgani uchun qamoqqa olingan edi.
Bosh konsulxona masalaga aralashuvi natijasida Xitoy tomoni hukumat idoralari uni vataniga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deyiladi xabarda.
Konsullik-huquqiy departamenti Shanxay shahrida, Chjetszyan, Tszyansu, Xunan va Futszyan provinsiyalari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Shanxay shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +86-21-630-718-96.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026