Samarqand viloyatida ötgan bir yil davomida yölovçi va yuk taşiş qoidalarini buzgan 6 787 ta transport vositalari aniqlangan va ularga nisbatan 6 milliard 335 million 970 ming söm miqdorida jarima tayinlangan. Qoidabuzarlardan 6 mingga yaqini litsensiyasiz yölovçi taşiş bilan şuğullangan. Bu haqda Samarqand viloyat transport boşqarmasi Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Ma'lum bölişiça, Samarqand viloyatida harakatlanayotgan avtobuslarda bitta yölovçi taşiş uçun örtaça 1 892 söm xarajat qilinadi (avtobus uçun yölkira haqi 1 200 söm). Viloyatda avtobus haydovçilari ham yetişmayotgani ma'lum böldi.
Viloyat transport boşqarmasi vakilining aytişiça, taklif qilinayotgan maoşning miqdori malakali haydovçilarni qanoatlantirmayapti. Şu bois har bir avtobusda belgilanganidek ikkita emas, bitta haydovçi işlamoqda.
Samarqandda joriy yilning birinçi çoragida ötkazilgan 271 ta reyd davomida 1 063 ta transport vositasi litsenziyasiz yuk va yölovçi taşiş bilan şuğullangani aniqlanib, qoidabuzarlarga nisbatan 806 milliondan köproq jarima tayinlangan va undirilgan.

















