Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidagi bolalar şifoxonasidagi holat böyiça ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan mavjud vaziyatni örgandi.
Internetda tarqalgan xabarda bolalar şifoxonasida joy yetişmasligi tufayli bemor bolalar sanitariya talabiga javob bermaydigan, hamşiralar kiyinadigan xonada yotib davolanayotgani aks etgandi.
«Ayni paytda Kitob tumanida bolalarga va aholining barça qatlamiga zamonaviy tibbiy xizmat körsatiş maqsadida beşta qişloq vraçlik punkti, yettita qişloq oilaviy poliklinikasi va tuman köp tarmoqli markaziy poliklinika va şifoxona faoliyat yurityapti. 130 öringa möljallangan tuman bolalar şifoxonasida yiliga sakkiz ming nafardan ziyod bolaga malakali tibbiy yordam körsatilmoqda. Tibbiyot muassasasida malakali kadrlar yetarli, dori-darmon öz vaqtida yetkazib berilyapti.
Şu bilan birga, barpo etilganiga köp yil bölgan mazkur şifoxona binosi ança ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani sababli mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «2018 yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar röyxatini tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga muvofiq, ayni kunlarda tuman tibbiyot birlaşmasi hududida bolalar şifoxonasi uçun yangi bino qurilişi jadal sur'atlarda olib borilyapti. Buning uçun investitsiya dasturi doirasida qariyb 4 milliard sömga yaqin mablağ sarflanişi közda tutilgan.
«Mazkur bino qurilişi joriy yilning törtinçi çoragida yakunlanib, foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Natijada hududda tibbiy-ijtimoiy infratuzilma yanada yaxşilanib, bolalarga tibbiy yordam körsatiş sifati yangi bosqiçga kötariladi», – deydi Qaşqadaryo viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Doniyor Tursunov.















