Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida istiqomat qilib kelayotgan Ilhom Xoliqov qariyb yarim yildan buyon özini qiynab kelayotgan muammoga yeçim topmayotgani, tuman mutasaddilari öz işlariga panja orasidan qarab kelişayotganini bayon etib, tahririyatimizga murojaat qildi.

Ma'lum bölişiça, u öşa vaqtda MIB qoşida bölgan, «Elektron onlayn auksionlarni taşkil qiliş markazi» DUK tomonidan ötkazilgan onlayn auksionda tumandagi «Kamolot» mahallasida maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi quriş uçun auksionga qöyilgan boşlanğiç bahosi 5.182.300 söm bölgan 0,4 ga yerni 20.470.085 sömga xarid qilgan va 2018 yil 31 oktabr kuni ğoliblik bayonnomasini qölga kiritgan (lot №0015993).

Xullas, xarid qilingan yer uçun tölov qilingan, ğoliblik bayonnomasi qölda. Biroq hanuzgaça Ilhom Holiqov auksiondan yutib olgan yerini qölga kirita olmayapti va quriliş işlarini boşlay olmayapti.

Xoliqovning bizga ma'lum qilişiça, u viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning 2019 yil 13 fevral kuni Past Darğom tumanida ötkazilgan sayyor qabulida uşbu masalani örtaga taşlamoqçi bölgan va şu maqsadda qabulga borgan.

Biroq viloyat hokimining özi sayyor qabulda şu masalaga töxtalib, böş yerlar bundan buyon faqat auksion orqali xarid qilinişi, yerga tegişli barça taşkilotlarning xulosalari olib bölingaç u auksionga çiqarilişi, xaridor yoki tadbirkor auksion ötkazilgaç heç qanday hujjatlar uçun yugurmasligi, tuman hokimi faqat qaror bilan rasmiylaştirib berişini yiğilganlarga uzoq tuşuntirgan.

«Viloyat hokimining gaplarini öşanda tuman hokimi, tuman yer resurslari va davlat kadastri idorasi rahbarlari va xodimlari tik turib eşitişdi, biroq, hanuzgaça mening masalam hal bölmayapti», deydi Xoliqov.