Tibbiy buyumlar ro‘yxati yangi band bilan to‘ldiriladi
|20:01 / 24.05.20199 2038 min
Foto: DepositphotosFoto: Depositphotos
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 29 iyundagi 60-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tibbiy buyumlar ro‘yxati quyidagi 75-1-band bilan to‘ldiriladi:
“75-1. Eshitish moslamalari (ichki va tashqi), koxlear implantantlar.”.
Ma'lumot uchun, tibbiy buyumlar ro‘yxatidan hozirgi vaqtda 108-band joy olgan. Ular:
I. Tibbiyot bog‘lov materiallari:
1. Tibbiyot dokasi, shu jumladan paxta matoli va to‘qilgan;
31. Nometall va metallokeramika tish protezlari uchun farfor massalar;
32. Sun'iy tishlar;
33. Stomatologik yordamchi materiallar: tish qoplamalari, koronkalar uchun gilzalar, mumlar, laklar, silliqlovchi vositalar, tish protezlarini mahkamlash vositalari va adgeziv vositalar;
34. Stomatologik tibbiy buyumlar: borlar, bor uchi, frezlar, stomatologik boshchalar, pulpoekstraktorlar, kanal to‘ldiruvchilar va uchliklar;
42. Tish kanallarini plombalashga tayyorlovchi va paradontologiya uchun buyumlar, shu jumladan ildiz kanallarini kengaytirish uchun gellar.
VI. Oftalmologiya tibbiy buyumlari:
43. Tashxis uchun oftalmologik ko‘zoynak shishalari to‘plamlari;
44. Kontakt, intraokulyar linzalar (qattiq va yumshoq);
45. Optik sinov linzalari to‘plami va ko‘rish qobiliyatini moslovchi buyumlar;
46. Kontakt linzalarni tozalash hamda saqlashga mo‘ljallangan vositalar;
47. Ko‘rish o‘tkirligini tekshirish jadvallari, belgilar, skiaskopik chizg‘ichlar;
48. Ko‘z jarrohligida qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar (ko‘zni namlash uchun mo‘ljallangan tomchilar va silikon moylar, ko‘z shishasi o‘rnini vaqtincha bosuvchi oftalmologik material);
49. Oftalmologik namlash va himoyalash vositalari;
50. Oftalmologik plastika, implantatsiya va protezlash buyumlari.
VII. Akusherlik, ginekologiya va urologiya tibbiy buyumlari:
51. Bir marotaba qo‘llaniladigan polimer qin ko‘zgulari;
52. Bachadon halqalari;
53. Tsitocho‘tkalar;
54. Ginekologik zondlar;
55. Siydik yo‘li (urologik) stentlari;
56. Ginekologik to‘plamlar;
57. Ekstrakorporal urug‘lantirish, ginekologiya va urologiyada qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar;
58. Vakuum aspiratorlar.
VIII. Otorinolaringologiya tibbiy buyumlari:
59. Shaxsiy ingalyatorlar;
60. Burun aspiratorlari;
61. Quloq va burunni yuvish va namlash uchun mo‘ljallangan vositalar;
62. Bir marotaba qo‘llaniladigan shpatellar, burun ko‘zgulari va quloq voronkalari.
IX. Anesteziologiya va reanimatsiya uchun tibbiy buyumlar:
XI. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar:
76. Dori vositasi hisoblanmagan jarohatni bitkazishda qo‘llaniladigan vositalar;
77. Krioterapevtik vositalar;
78. Vaginal namlovchi gellar;
79. Tibbiyot xantali.
XII. Tashxis vositalari
80. Auskultatsiya va perkussiya uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar;
81. Peshona reflektorlari;
82. Tibbiyot termometrlari;
83. Rentgenografiya va flyuorografiya plyonkalari;
84. Tibbiyot plyonkalarini yorituvchi va mustahkamlovchi buyumlar;
85. Kontakt va ultratovush tashxisi uchun gellar.
XIII. Rezina, rezinamatoli, lateksli va polimer tibbiy buyumlar:
86. Qo‘lqoplar (steril, nosteril);
87. Kompression tibbiyot buyumlari;
88. Korrektorlar, fiksatorlar;
89. Jgutlar.
XIV. Kontratseptivlar:
90. Spirallar, prezervativlar;
91. Homiladorlikdan saqlovchi qalpoqchalar.
XV. Birinchi tibbiy yordam buyumlari:
92. Dori qutilari, sanitar sumkalar (sanitar sumkalar tarkibidagi dori vositalari yoki tibbiy buyumlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart);
93. Kislorod uchun ballonchalar va yostiqlar.
XVI. Bemorlarni parvarishlash tibbiy buyumlari:
94. Taglik chambarak;
95. Ichi bo‘sh rezina buyumlar (grelkalar, muz pufakchalari, sprinsovkalar);
96. Siydik va najas qabul qilgichlar;
97. Tuvaklar;
98. Buyraksimon tibbiyot lotoklari;
99. Tibbiyot pipetkalari;
100. Sut so‘rib olgichlar;
101. Uchliklar;
102. Applikatorlar.
XVII. in vitro tashxis buyumlari:
103. Reagentlar va reagentlar to‘plami;
104. Test-sistemalar;
105. Ekspress testlar, indikator sistemalari;
106. Polimer zanjir reaksiyasi tahlili uchun reagentlar to‘plami, shu jumladan DNK/RNK ajratib olish, amplifikatsiya, deteksiya va elektroforez to‘plamlari;
107. Nazorat va standart materiallari;
108. Ozuqa muhitlari.
Izoh: mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etiladi.
Mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy buyumlar alohida to‘plam holatida, tibbiy texnikaning sarf qismi sifatida yoki tibbiy texnikaning to‘plami tarkibida bo‘lishi mumkin.