Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB xodimiga belkurak bilan tan jarohati yetkazgan fuqaro javobgarlikka tortildi
Illyustrativ foto
2018 yilning 16 sentabr kuni MIBning Qashqadaryo viloyati G‘uzor tuman bo‘limi davlat inspektorlari tumandagi "Do‘ltali" MFY, Do‘ltali qishlog‘ida xizmat vazifasini bajarish vaqtida shu qishloqda yashovchi fuqaro Ch.E. yashash xonadonida elektr energiyasi tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda foydalanayotganligini aniqlab, bu haqida qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtiradi.
Mazkur qoidabuzarlik natijasida fuqaro Ch.E. ta'minotchi korxona manfaatlariga 1.780.702 so‘m miqdorida zarar yetkazdi hamda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 101-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida, ya'ni 921.500 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Biroq, fuqaro Ch.E. yetkazilgan zarar va jarimani to‘lab, tegishli xulosa chiqarish o‘rniga o‘z qoidabuzarlik harakatlarini davom ettirgan.
Xususan, 2018 yil 17 dekabr kuni uning yashash xonadonida qayta elektr energiyasidan noqonuniy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanayotganligi holati davlat inspektori J.Ch. tomonidan aniqlandi va ushbu holatni davlat inspektori rasmiylashtirayotgan vaqtda Ch.E. o‘z aybini tan olish o‘rniga davlat inspektoriga keskin qarshilik ko‘rsatgan va uni belkurak bilan urib, sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazgan.
Natijada, 2019 yil 16 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi tomonidan sudlanuvchi Ch.E. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi va 185-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari tayinlandi.
Mavzuga oid
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
14:24 / 17.11.2025