Jinoyat işlari böyiça Boysun tuman sudining 2019 yil 18 fevraldagi hukmi bilan Boysun tuman hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Mirzaqul Şamsiyev Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1–qismi bilan, Surxondaryo viloyat Yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasi Boysun tuman filiali “Yer tuziş va bino inşoot” bölimi mutaxassisi Sanjarbek Aşurov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 228-moddasi 1-qismi va 28, 210-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, S.Aşurov 2018 yilning iyun oyi örtalarida fuqaro J.S. bilan uçraşib,  Boysun tumani hududida boğdorçilikka möljallangan yuridik maqomdagi dehqon xöjaligi yuritiş maqsadida yer maydoni ajratilişida yordam berişini va'da qilib, buning evaziga “Yomçi” uçastkasidagi 0,30 ga lalmi yer maydonini körsatib, uşbu yer maydoni unga ajratilişi uçun 30.mln söm berişi lozimligini aytib, J.S.dan fuqaro  Z.X.ning pasport nusxasi va soliq tölovçining identifikatsiya raqami (STIR) nusxalarini olgan. S.Aşurov yer ajratiş böyiça Boysun tuman hokimining qarori çiqqanidan söng 2018 yil 11 sentabr kuni J.S.ga telefon qilib, unga Z.X. nomiga 0,30 ga lalmi yer maydoni ajratiş haqidagi Boysun tuman hokimi qarori çiqqanligini va yerni ölçab berişini, şu sababli kelişilgan 30 mln. sömni olib kelişini bildirgan.

2018 yil 13 sentabr kuni soat 16.00. da J.S.ning arizasi yuzasidan ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida S.Aşurov Boysun tumani, “Robot” massivi, “Yomçi” uçastkasi hududidagi katta yöl çetida joylaşgan yer maydonida J.S.ga yer maydonini ölçab berib, Z.X.ga dehqon xöjaligi yuritiş uçun 2018 yil 10 sentyabrda çiqarilgan hokim qarorining asl nusxasini berib, undan 30 mln. sömni olib, uşbu puldan 100 AQŞ dollarini Boysun tuman hokimi örinbosari  M.Şamsiyevga pora tariqasida ham berişini aytib, pora olişda iştirokçilik sodir etgan vaqtda aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, S.Aşurov tezkor tadbirda olingan 30 mln. sömdan 100 AQŞ dollarini uluş sifatida tuman hokimi örinbosariga pora sifatida taqdim etişini bildirgan.

Mirzaqul Şamsiyev 2018 yil 13 sentabr kuni Boysun tumanidagi “Mirqoraköz” massivi çorrahasida Z.X. nomiga 0,30 ga lalmi yer maydoni ajratib beriş böyiça tuman hokimi qarorini çiqartirib berganligi evaziga S.Aşurovdan kimyoviy işlov berilgan 100 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan uşlangan.

Sud sudlanuvçilarga nisbatan jazo tayinlaşda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olib, S.Aşurovga 1 yil 6 oy muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş, hokim örinbosari M.Şamsiyevga 1 yil 6 oy muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinladi.