Toşkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University) bilan hamkorlikda taşkil etilgan «BINARY GRADUATE SCHOOL» (BGS) qöşma fakulteti 2019/2020 öquv yili uçun quyidagi mutaxassisliklar böyiça qabul jarayoni boşlanganligini e’lon qiladi.

  • MBA - Master of Business Administration – 18 oy;
  • Master Science in Information Technology Management – 18 oy;
  • Master Science in Accounting & Finance (by research) – 24 oy.

Hujjatlarni qabul qiliş jarayoni 2019 yilning 1 iyunidan 31 avgustiga qadar amalga oşiriladi.

Qabulga ariza topşiriş uçun abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etişlari talab etiladi:

1. Pasport nusxasi (röyxatga olingan manzili bilan);

2. Mahalliy yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavr darajasidagi diplom (ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan). Ayni damda bakalavr diplomiga ega bölmagan bitiruvçilar öqişni 2019 yilda yakunlaşlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etişlari söraladi;

3. Ingliz tili böyiça bilim darajasini tasdiqlovçi mahalliy yoki xalqaro sertifikat (agar ingliz tili rasmiy til bölgan davlatda bakalavr darajasiga ega bölsangiz sertifikat talab qilinmaydi):

  • BGS English Test - 5.5. 
  • IELTS - 5.5 (British Council/IDP);
  • SEFR - B1 (Davlat test markazi);

4. Rasm 3.5x4.5 (oq fon, JPEG formatida, 4-dona).

Dars maşğulotlarini xalqaro tajribaga ega bölgan malakali xorijiy va mahalliy professor-öqituvçilar olib boradilar.

Qöşma fakultetga qabul qilingan talabalar bir vaqtning özida Toşkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneri universiteti talabalari hisoblanadilar.

Kadrlar tayyorlaşda “1+1” yoki “2+0” qöşma diplom dasturi asosida amalga oşiriladi.

Ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvçilar Toşkent moliya instituti (Özbekiston Respublikasining davlat namunasidagi magistr diplomi) va Bayneriy universitetining xalqaro darajadagi diplomiga ega böladilar.