Milliarder va Virgin Group asosçisi Riçard Brenson biznes bilan şuğullanişni boşlayotganlarga beşta maslahat berdi. Biznesmen vakolatlarni taqsimlaş haqida hikoya qildi, deya xabar bermoqda rb.ru.

Foto: Reuters

Milliarderning sözlariga köra, Virgin Group ilk bosqiçlarda vakolatlarni taqsimlaşni örganmaganida «çakana savdolar bilan şuğullanadigan kompaniyadan poçta orqali buyurtmalar bilan maşğul 60 dan ortiq kompaniyalarni qamrab olgan global brendga aylana olmasdi». Şuning uçun Brenson vakolatlarni taqsimlaş böyiça özi «bir neça yil davomida amal qilgan» maslahatlarni berişga qaror qildi.

Özingizning kuçli va kuçsiz jihatlaringizni aniqlang. Sizga kelib tuşadigan vazifalar haqida öylang. Biznesning qaysi jihatlarini yoqimli va zöriqişsiz, deb hisoblaysiz? Qaysi işlarni mehnat köp talab etadigan deb öylaysiz? Döstlar, oila a'zolar va tengdoşlarning kuzatuvlari bilan qiziqing. Fikr va xulosalarni töplagaç, ularni yozing.

Xuddi şuni biznes yoki takomillaşiş talab etiladigan sohalar uçun ham amalga oşiring. Bu biznes va jamoangizga yetişmaydigan könikma, aktiv, tajriba va şaxsiy jihatlar darajasini aniqlaydi.

Mavjud jamoani baholaş uçun xulosalaringizdan foydalaning. Vakolatlarni taqsimlaş va muvaffaqiyatga erişişni istasangiz, jöşqin va xilma-xil jamoani yaratişingiz kerak. Odamlardan özingizda yetişmaydigan jihatlarni izlang. Biznesni tuşunadigan va uni yaxşilaş yöllarini topa oladigan kişilarni topiş uçun vaqt sarflang.

Iyerarxiyani özgartirib, korporativ madaniyat yarating. U yerda har bir ğoya qöllab-quvvatlanişi, muloqot oçiq bölişi, har bir qaror esa hamkorlikka asoslangan bölişi lozim. Yodingizda bölsin, odamlar – sizning eng katta aktivingiz va ularga sarmoya kiritişingiz lozim.

Ana endi töğri va iste'dodli jamoani yaratdingiz. Endi tinçlanib, umumiy holatni baholaşni boşlaşingiz mumkin. Şunga qaramay, biznesning barça qismi bilan boğliqlikni saqlaş muhim.