Ispaniya politsiyasi Primera va Segunda klublarining bir qator futbolçilarini hibsga oldi. Qölga olinganlar kelişilgan öyinlarda iştirok etganlikda gumonlanmoqda.

Servimedia telekanalining huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, hibs etilganlar orasida «Real» klubi va Ispaniya milliy jamoasining sobiq himoyaçisi Raul Bravo ham bor. Undan taşqari, Borxa Fernandes («Real Valyadolid»), Samuel Says Alonso («Xetafe»), Inigo Lopes Montanya («Deportivo La-Korunya») va Segundaning bir neçta klublarida töp tepgan sobiq hujumçi Karlos Aranda ham qölga olingan.

Şuningdek, politsiya «Ueska» klubi ofisida tintuv ötkazgan hamda klub prezidenti Avgustin Lasaosa va tibbiyot xizmati boşliği Xuan Karlos Galindoni hibsga olgan.

EFE agentligining öz manbalariga tayanib ma'lum qilişiça, yuqoridagi şaxslar uyuşgan jinoiy guruh tuziş, korrupsiya va pul yuviş kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Ma'lumot uçun, 2018/19 mavsumida «Ueska» öz tarixida ilk marta La Ligada iştirok etdi va 19-örinni band etib, yana Segundaga qaytdi.