Hozirning o‘zida diqqat-eʼtiboringiz qancha narsani talab etmoqda? Telefon? Elektron pochta? Messenjer? Tvitter? Bu asabga tegadigan ro‘yxat doimiy ravishda o‘sib boradigandek. Zamonaviy texnologiyalar bizga ko‘plab g‘aroyib narsalarni in'om etdi, biroq doimiy ravishda o‘ziga e'tibor talab etishi ularning qo‘shimcha ta'siridan biri hisoblanadi. O‘ylab ko‘ring: ofis xodimi o‘rtacha har uch daqiqada chalg‘iydi, fikrini yana bir yerga jamlash uchun unga 25 daqiqaga yaqin vaqt kerak bo‘ladi.

Miyangiz qaysi narsaga e'tibor berish kerakligini qanday tanlaydi?
Miyangiz doimiy ravishda ishlaydi, axborotni qabul qiladi, demak u e'tibor qaratish va chetga surib turish mumkin bo‘lgan narsani doimiy ravishda tanlashi kerak.
Neyroolimlar uni «tanlovchi e'tibor» deb ataydilar, u yana ikki shaklda bo‘ladi:
Yuqoridan pastga (ongli e'tibor)
Diqqat-e'tiborning bu turi maqsadga yo‘nalgan. U ancha keng holat uchun mas'ul bo‘lib, ayrim xulosalarga kelish uchun sizning avvalgi tajribalaringizni qo‘llaydi. U imtihonga tayyorlanayotganingizda yoki murakkab muammoni yechishga harakat qilayotganingizda paydo bo‘ladi.
Pastdan tepaga
Yoningizda nimadir sodir bo‘lganida yoki biror narsa e'tiboringizni jalb etganida ana shu diqqat-eʼtibor hukmi ostida bo‘lasiz. Siz sodir bo‘lgan narsani avtomatik tarzda o‘chirib tashlaysiz. Kuchli shovqinni eshitganda, telefon jiringlaganida ana shu holat yuz beradi.
Muammo nimada?
Miyamiz diqqat-eʼtiborning qaysi turini tanlashini nazorat qila olmaymiz. «Yuqoridan pastga» rejimida qolishni istashimizga qaramay, «Pastdan tepaga» rejimi ishga tushishi mumkin.
Shovqin va kutilmagan harakatlar xavf sifatida taassurot uyg‘otadi. Miyangiz xavf siz o‘qiyotgan kitob va yozayotgan xabaringizdan muhimroq deb hisoblaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iroda va diqqat-eʼtibor – yakuniy resurslar. Qancha ko‘p chalg‘isangiz, ishga qaytish shuncha mushkul bo‘ladi. Biroq ilm-fan diqqat-eʼtiborni ortga tez va samarali qaytarishning bir necha usullarini ko‘rsatmoqda.

















