28 may kuni Samarqand şahridagi köp tarmoqli markaziy poliklinikada xayriya tadbiri ötkazildi. Viloyat harbiy prokuraturasi tomonidan «1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni» munosabati bilan ötkazilgan tadbirda Samarqand viloyatida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatçilar va qurolli kuçlar xizmatçilarining ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron farzandlariga yordam berildi.

Tadbir doirasida viloyatda xizmat qilayotgan harbiylarning 30 nafar nogironligi bor bolalari çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj harbiylar oilasining 24 nafar bolalariga tibbiy muassasalarda statsionar va ambulator tartibda bepul davolanişiga yöllanma berildi. 2 nafar bolaning bepul operatsiya qilinişi rejalaştirildi.

Şuningdek bolalarga dori-darmon, protez-ortopediya va boşqa tibbiy anjomlar tarqatildi. Uç nafar bolaga nogironlik aravaçasi topşirildi. Harbiy prokuratura bunday tadbirlarni yana ötkazişini ma'lum qildi.

















