Ölkamizga jazirama yoz fasli kirib kelmoqda. Ma'lumki, bu faslda havo harorati keskin kötarilib, inson salomatligiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Şunday vaziyatlarda insonlar salqin joyda hordiq çiqarişadi, oftob urmasligi uçun turli usullarni qöllay boşlaşadi. Xöş, issiq harorat ta'siridan qanday saqlanişimiz, bu mavsumda qanday kiyinişimiz va ovqatlanişimiz lozim? Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziriligi quyidagilarni ma'lum qildi.

Vaziyat nazoratimizda böladi

Yoz faslining boşlanişi, ayniqsa, eng issiq davr “çilla”ning kirib kelişi mamlakatimiz aholisi uçun biroz noqulayliklarni keltirib çiqaradi. Boisi serquyoş ölkamizning ayrim hududlarida havo harorati keskin kötarilib, janubiy viloyatlarda +45, +50 darajagaça yetadi.

Yurtimiz aholisi bunday anomal issiq kunlarida zarurat sezganda respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali va 180 ga yaqin tuman va şahar bölimlari xamda 2460 ta tez tibbiy yordam brigadalari orqali tun-u kun tez, sifatli tibbiy yordam olişlari mumkin. Mazkur davolaş muassasalari malakali mutaxassislar va zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda töliq ta'minlangan. Bundan taşqari, uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati taşkil etilgan. Qolaversa, har bir tuman va şahar tibbiyot birlaşmalarida “Işonç telefon”lari faoliyat körsatmoqda.

Avvalo boşni asrang!

Ta'kidlaş joizki, jaziramaning bunday kunlarida, avvalo, boşni quyoş nuridan asraş muhim ahamiyatga ega. Çunki boş miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari ötgan bölib, kunning issiq vaqtida boş yalang yurganda boş qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urişiga olib kelişi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining kötarilişi, terining qizarişi, holdan toyiş, nafas oliş va puls tezlaşişi, yurakning tez urişi, boş oğrişi, boş aylanişi, köngil aynişi, qayt qiliş, huşdan ketiş kabi holatlar kuzatilişi mumkin.

Nima tanovul qilgan ma'qul?

Tabiiyki, issiq kunlari köp miqdorda suv içiş organizm faoliyatini yaxşi işlaşga va suv-tuz balansini me'yorlaştirişga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv tanqisligini töldiriş uçun gazlangan yoki nektar suv emas, aksinça, oddiy içimlik suvini iste'mol qiliş kerak. Şuningdek, issiq kunda yoğli göşt mahsulotlar iste'molini kamaytirib, yengil hazm böluvçi taomlar iste'molini köpaytiriş maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va sabzavotlar ham organizmda yaxşi singib, içki a'zolar faoliyatini normallaştirişga yordam beradi.

Yana şuni alohida ta'kidlaş lozimki, yoz kunlarida xiyobon va köça yon atroflarida qölbola usullarda tayyorlanib, iste'mol uçun çiqarilgan turli şarbat, ayron, göja hamda şu turdagi mahsulotlarni xarid qilmagan ma'qul. Boisi kun davomida quyoş nuri tuşib turgan hamda iste'molga yaroqlilik belgisi mavjud bölmagan bu turdagi mahsulotlar salomatlik uçun öta xavfli bölib, turli noxuş vaziyatlarni keltirib çiqarişi mumkin.